Informatika faniga ixtisoslashgan 86-sonli tayanch maktabiga qabul boshlandi

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizni zamonaviy axborot texnologiyalari yo‘nalishida yetuk mutahassis bo‘lishini istasangiz, Namangan shahar XTB ga qarashli 86-sonli Informatika faniga ixtisoslashgan tayanch maktabiga qabul boshlanganligini ma'lum qilamiz.

Ayni vaqtda maktabda qabul komissiyasi tashkil etilgan bo‘lib, saralash tanlovida ishtirok etadigan talabgor 4-sinfni bitirgan o‘quvchilarining hujjarlari qabul qilinmoqda.

Ushbu tayanch maktabida tahsil olish uchun 30 nafar iqtidorli o‘quvchilar Davlat test markazi tomonidan test sinovlari asosida saralab olinadi.

Maktabga qabul uchun zarur hujjatlar ro‘yhati:

1. Direktor nomiga ariza;

2. 3*4 o‘lchamda 6 dona fotosurat;

3. O‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

4. O‘qigan maktabidan 4-sinfni bitirganligi to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma.

Bizning manzil: Yangi Namangan tumani, Yoshlik MFY, Tabarruk ko‘cha, 10 uy.

Telefon: +99899 022 07 33, +99891 352 1993, +99890 050 8988