“ENG YAXSHI YOSH DASTURCHI” tanlovi tashkil etildi

IT sohasini rivojlantirish va yoshlar bilimini oshirish bo’yicha “ENG YAXSHI YOSH DASTURCHI” tanlovi tashkil etildi

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 muhim tashabbusning 3-tashabbusi Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internertdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan bo’lib ushbu yo’nalishda Namangan shahar xalq ta’limi bo’limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Namangan shaxar prokuraturasi va Namangan shahar xalq ta’limi bo’limi bilan xamkorlikda o’quvchi yoshlar o’rtasida IT sohasini rivojlantirish va yoshlar bilimini oshirish bo’yicha “ENG YAXSHI YOSH DASTURCHI” tanlovi tashkil etildi. Ushbu tanlovda Namangan shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli umumta’lim maktablarining iqtidorli o’quvchilari ishtirok etishdi. Tanlov ikki yo’nalishda, “Cybersport” hamda “Dasturlash” yo’nalishlarida tashkil etilgan bo’lib har ikki yo’nalish bo’yicha 50 dan ortiq iqtidorli yoshlar o’z bilimlarini namoyish etishdi.

Tanlov ishtirokchilar o’rtasida ham, tashkilotchilar uchun ham kutilmagan his-hayajonlar va muzokaralar boy holda tashkil etildi. Tanlov natijalariga ko’ra “Cybersport” yo’nalishi bo’yicha Namangan shahar 7-sonli davlat ixtisoslashgan umumta’lim maktabi 1-o’rinni, 20-sonli umumta’lim maktabi 2-o’rinni, 41-sonli umumta’lim maktabi 3-o’rinni qo’lga kiritishgan bo’lsa, tanlovning “Dasturlash” yo’nalishi bo’yicha 7-sonli davlat ixtisoslashgan umumta’lim maktabi 1- va 2-o’rinlarni, 20-sonli umumta’lim maktabi 3-o’rinlarga sazovor bo’lishdi. G’oliblarni Namangan shahar prokurori Xurshid Adilov tomonidan qimmatbaho esdalik sovg’alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.