"Jasorat medali" sohibi - Muhayyo Egamberdiyeva

Namangan shahridagi 14-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, “Jasorat” medali sohibi.

Mamlakatimiz mustaqilligining qutlug‘ 30 yilligi arafasida Prezidentimiz farmoniga binoan el-yurt ravnaqi yo‘lida faoliyat olib borayotgan ko‘plab fidoyi hamyurtlarimiz davlatimizning yuksak orden va medallari, unvonlari bilan mukofotlanishdi.

Taqdirlanganlar orasida ekanimdan behad mamnun va shodman. Bu Prezidentimizning ustoz-muallimlarga, biz kelajak bunyodkorlariga bo‘lgan yuksak e’tiborlari ifodasi. “Jasorat” medaliga munosib ko‘rilganimni nafaqat meni mehnat jamoamizdagi barcha ustoz-muallimlar mehnatiga berilgan baho , deb bilaman. Yuksak e’tirof shunga munosib yanada ishtiyoq bilan butun kuch-g‘ayratim va shijoatimni yosh avlod kamoliga bag‘ishlab faoliyat yuritishga undaydi.