“Yilning eng yaxshi o`zbek tili o`qituvchisi” tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika ta’lim markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida “YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI” tanlovi o’tkazilmoqda. Tanlov uch bosqichda tashkil etilgan bo’lib, birinchi bosqich tuman (shahar) miqyosida, ikkinchi bosqich viloyat miqyosida va uchinchi bosqichda Respublika miqyosida o’tkaziladi.

Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun Namangan shahridagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan pedagoglardan 160 nafardan ortig’i online ariza bilan murojaat qilishdi va tanlovda ishtirok etishdi.

Tanlovning shahar bosqichiga joriy yilning 15 sentabr kunidan start berildi va Namangan shahar 86-soli umumta’lim maktabida ko’tarinki ruxda tashkil etildi.

Birinchi bosqichda tanlov ishtirokchilari ikki shart asosida bellashishdi. Birinchi shartda 20 ta test topshirig’idan tashkil topgan onlayn platformada test ishlashdi va 26 balldan yuqori to’plagan 63 nafar pedagoglar ikkinchi shartga yo’llanma olishdi. Ikkinchi shartda esa “O’zbek tilini samarali o’qitish metodikasi” mavzusida taqdimotlari bilan tuman (shahar) ma’sullari ishtirokida zoom platformasi orqali o’z taqdimotlarini namoyish qilishdi.

Tanlov yakuniga ko’ra ona tili fanidan birinchi o’rinni Namangan shahar 27-sonli umumta’lim maktabi o’qituvchisi Yusupova Xusnida qo’lga kiritgan bo’lsa, o’zbek tili fanida Namangan shahar Davlatobod tumani 48-sonli umumta’lim maktabi o’qituvchisi G’oyibnazarova Nilufar g’olib bo’lib tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichiga yo’llanma olishdi.