Fan olimpiadalarining shahar bosqichi g’oliblari taqdirlandilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-sonli qaroriga asosan fan olimpiadalarining 2-shahar bosqichi joriy yilning 11-17 oktabr kunlari o‘tkazildi.

Fan olimpiadalarining shahar bosqichi har yilgidan farqli o‘laroq yangi tartibda o‘tkazilishi belgilangan edi. Bundan asosiy maqsad olimpiadalarda shaffoflikni ta’minlash, haqiqiy bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlash hamda fan olimpiadlarining viloyat, Respublika bosqichlarida shahrimiz sha’nini munosib himoya qiladigan bilimli va zukko o‘quvchilarni aniqlash edi. Shahar bosqichini tashkil etilishi va o‘tkazilishi ko‘pchilik ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidani ijobiy baxolandi. Ayniqsa, olimpiada ishtirokchilarining barchasiga test savollari hamda ular belgilagan test javoblarini sinov yakunida ularning o‘zlariga berilishi olimpiada ishtirokchilar va ularning ustozlari tomonidan ko‘tarinki ruhda qabul qilindi va qo‘llab quvvatlandi.

O‘tkazilgan fan olimpiadalari yakuniga ko‘ra 9-sinfdan 33 nafar, 10-sinfdan 39 nafar va 11-sinfdan 39 nafar, jami 111 nafar o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, navbatdagi bosqich 3-viloyat bosqichida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritidilar.

Joriy yilning 27 oktabr kuni Namangan shahar hokimligida Fan olimpiadalari shahar bosqichi g’oliblarini taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Unda Namangan shahar hokimi G’.Djamalov Fan olimpiadalarining shahar bosqichida g’olib bo’lib, viloyat bosqichiga yo’llanma olgan Namangan shahar umumta’lim maktablarining 110 nafar o’quvchilarini esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi. Barcha g‘olib o‘quvchilarga muoffaqiyatlar tilab, o‘quvchilarni 3-viloyat bosqichida bor bilimlarini ishga solib g‘oliblik uchun astoydil kurash olib borishlari, hamda viloyatda shahrimiz sharafini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirdi.