“Mening armiyam-mening faxrim” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan hamda o‘quvchi-yoshlarning qishki ta’til kunlarini mazmunli tashkillash maqsadida Namangan shahar “Barkamol avlod bolalar maktabi”da Namangan shahar hokimligi, Namangan shahar prokuraturasi, Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida “Mening armiyam-mening faxrim” shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. O‘quvchi-yoshlarni ona-Vatanimizga muxabbat, moddiy va ma’naviy merosimizga xurmat, qonunlarga itoat, mustaqillikni mustahkamlashga hissa qo‘shish tuyg‘ularini shakllantirish tanlovning asosiy g‘oyasi hisoblandi.

Tanlov davomida “Barkamol avlod bolalar maktabi” to‘garak a’zolarining chiqishlari o‘quvchi-yoshlarga bayram kayfiyatini baxsh etdi.

Namangan shahar xokimining o‘rinbosari A. Domlajanov, Namangan shahar prokurorinnig o‘rinbosari B.Shodmonov, Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri J.Lutpillayevlar tanlov ishtirokchilarini tabriklab, ularni kelgusida Vatan ozodligiga hissa qo‘shadigan o‘g‘il va qizlar bo‘lishlarini tiladilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni 24-maktab o‘quvchisi Xabibullayeva Muslima, 2-o‘rinni 34-maktab o‘quvchisi To‘xtasinov Saidazim hamda 3-o‘rinni 43-maktab o‘quvchisi Abdullayeva Asila egallab, “Faxriy yorliq” hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng o‘quvchi-yoshlar maxsus avtobuslarda shahrimizdagi harbiy qismlarga sayohatga olib borildi.