KIUF Olimpiadasi

Joriy yilning 26 may kuni Namangan shahar 66-sonli IDUMda matematika, informatika va fizika fanlaridan O`zbekiston-Koreya nodavlat universitetining “KIUF olimpiadasi”ni shahar bosqichi o`tkazildi. Mazkur olimpiadani ochib berish, shaffof va adolatli o`tishini nazorat qilish maqsadida Koreya Respublikasidan KIUF universiteti prorektori, professor Yu Jung Hwa, universitet rektorining yordamchisi G`aniyev Sherzodbek Avazovich va Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi aniq fanlar metodisti Muhammadali Muminovlar tashrif buyurishdi va jarayonda bevosita ishtirok etishdi.

Olimpiadada Namangan shahar maktablaridan KIUF universitetida tehsil olishni istagan 116 nafar bitiruvchilar ishtirok etishdi. Tanlov yakuniga ko`ra matematika fanidan 75-maktab o`quvchisi Hamidov Fazliddin 1-o`rinni, 34-maktab o`quvchisi Qoriyev Muxammad 2-o`rinni, 68-maktab o`quvchisi Ilxamjanov Baxtiyor 3-o`rinni, informatika fanidan 88-maktab o`quvchisi Maxmudov Ibroxim 1-o`rinni, 35-maktab o`quvchisi Fazliddinov Fozilbek 2-o`rinni, 43-maktab o`quvchisi Ismoilov Otabek 3- o`rinni, fizika fanidan 51-maktab o`quvchisi Jamalov Bilolxon 1-o`rinni, 66-maktab o`quvchisi Jakbarov Bositxon 2-o`rinni, 34-maktab o`quvchisi Jo`raxanova Naima 3-o`rinni qo`lga kiritishdi va viloyat bosqichiga yo’llanma oldilar. KIUF olimpiadasining viloyat bosqichi joriy yilning 29 may kuni o`tkaziladi va viloyat bosqichida 3 ta fandan 1-o`rinni qo`lga kiritgan 3 nafar o`quvchiga 100% lik (4 yillik), 2-o`rinni qo`lga kiritgan 3 nafar o`quvchiga 75% lik (3 yillik) va 3-o`rinni qo`lga kiritgan 3 nafar o`quvchiga 50 foizlik (2 yillik) shartnoma pullarini to’lab berish hamda KIUF universitetiga qabul qilinganliklari to`g`risidagi sertifikatlar topshiriladi.