Sayt test rejimida ishlamoqda!

VILOYAT PROKURORI FAN OLIMPIADASI

Namangan viloyati prokuraturasi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 4-dekabrdagidagi “Viloyat prokurori fan olimpiadasi”ni o‘tkazish bo‘yicha 28/94-sonli qo‘shma qaroriga asosan Namangan shahrida iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularni rah‘batlantirishga qaratilgan “Viloyat prokurori fan olimpiadasi”ning shahar bosqichi o‘tkazildi. 

Ushbu fan olimpiadasida Nizomiga asosan “Matematika” fani boѹyicha uch bosqichda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, Birinchi bosqich – maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi ikkinchi bosqichda ishtirok etadi, Ikkinchi bosqich – tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi uchinchi bosqichda ishtirok etadi, Uchinchi yakuniy bosqich – viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi tasjkil etilga olimpiadaning mutloq g‘olibi hisoblanadi.

Joriy yilning 11-dekabr kuni Namangan shahar 4-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida “Viloyat prokurori olimpiadasi”ning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida taxsil olayotgan 6-, 7-, 8-sinf o‘quvchilaridan maktab bosqichida 1-o‘rinni egallagan 150 nafardan ziyod o‘quvchilar ishtirok etishdi. Nizomga asosan ishtirokchilarga yozma ish topshiriqlari hamda test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkazildi. 

Olimpiada natijalariga 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 1-o‘rinni 1-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Xabibullayev Saidkamol Shavkat o‘g‘li, 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 1-o‘rinni 4-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘quvchisi Hakimov Xushnudbek Murodjon o‘g‘li, 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 1-o‘rinni 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Mirzaliyev Oyatillo Akram o‘g‘li egallab keying bosqich uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.

Namangan shahar prokurori X.T.Adilov hamda Namangan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tomonidan olimpiada natijalariga ko‘ra shahar bosqichida 1-2-3-o‘rinni egallagan o‘quvchilar faxriy yorliqlar va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ushbu o‘tkazilgan olimppiada o‘quvchilar o‘rtasida yuqorida darajada qiziqish uyg‘otganligini inobatga olib, shahar prokuraturasi hamda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda shu kabi fan olimpiadalarini tashkil etish kelishib olindi.