Sayt test rejimida ishlamoqda!

Vatan ximoyachilari kuni

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Namangan shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32-yilligini va “Vatan himoyachilari kuni” bayramini nishonlashda kasaba uyushmalarining ishtirokini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan Shahar Barkamol avlod bolalar maktabida tadbir tashkil etildi.

Tasdiqlangan tadbirlar rejasiga asosan tizimdagi tashkilotlarda harbiy xizmatchilarning uchrashuvlari tashkil etildi, umumta’lim maktablari va akademik lisey kollejlarda “Mening armiyam – mening faxrim”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari–yurt tinchligi va xavfsizligining kafolatidir”, “Harbiy qismda bir kun”, “Men xam askar bo‘laman” kabi mavzularida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari hamda sport musobaqalari uyushtirildi. Shuningdek, tashkil etilgan “Ma’rifat soatlari”da soha xodimlariga, o‘quvchilarga milliy armiya uchun g‘ururlanish tuyg‘usini oshirishga qaratilgan, Vatan taqdiri uchun daxldorlik va ma’suliyatni tarbiyalashga yo‘naltirilgan hamda amalga oshirilayotgan harbiy islohotlarni yetkazuvchi ma’ruzalar tashkil qilindi.

2024 yil 13 yanvar kuni Namangan shahar “Barkamol avlod maktabi”da kasaba uyushma qo‘mitasi raislari, baynalminalchi jangchilar, umumta’lim maktablari, kollej va liseylarda ishlovchi CHQBTR rahbarlari hamda direktorlari ishtirokida “Xalq va armiya-bir tanu bir jondir!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Bayram munosabati bilan 350 nafar kasaba uyushma faollari, mehnat faxriylari shahar bo‘linmasi kengashining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildilar.