"Cybersport-2021" turniri boshlandi

"Cybersport-2021" turniri boshlandi

Namangan shahar xalq ta’limi bo’limi AKTni joriy etish va rivojlantirish sho’basinin 2021 yil uchun ish rejasiga asosan shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida “Cybersport-2021” turniri tashkil etilmoqda. Ushbu turnirda “World Warcraft III” o’yini (DotA v6.83s xaritasi) bo’yicha o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Turnirda ta’lim muassasalarining 9-11 sinf o’quvchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin. Turnir 3-bosqichda tashkil etilib, maktab bosqichida g’olib bo’lgan jamoa, ikkinchi bosqichda sektorlar kesimidagi ta’lim muassasalari o’rtasida bellashadilar. Ikkinchi bosqichda g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar so’ngi shahar bosqichida g’oliblik uchun kurash olib borishadi.

Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli barcha umumiy o‘rta ta’lim maktabi yoshlari o‘rtasida “Cybersport-2021” o‘yinlari doirasida o‘tkaziladigan turniri bo‘yicha tadbirlar rejasi, “Cybersport - 2021» turnirining Nizomi, “Cybersport-2021” o’yinlarida ishtirok etish uchun ariza berish shakli, sektorlar kesimidagi maktablar taqsimotini quyida yuklab olishingiz mumkin.

Ta’lim muasasalari bosqichida g’olib bo’lib, 2-bosqichga yo’llanma olgan ishtirokchi jamoalar tarkibini 2021 yilning 11-fevraliga qadar Namangan shahar xalq ta’limi bo’limining AKTni joriy etish va rivojlantirish sho’basiga taqdim etishlari mumkin.